O‘QUVChILAR NUTQINI O‘STIRISh USULLARI

Mualliflar

  • Latofat Ibragimova Jizzax davlat pedagogika instituti

Annotatsiya

So‘zga oshuftalik, so‘zning ostini ham, ustini ham ko‘ra olishga intilish, nutqning latifligidan, nutqdagi so‘zlarning favqulodda uyg‘unligidan zavqlanish, ona tilida ta’sirli nutq ayta oluvchiga, xitobat san’ati sohibiga ayricha havas bilan qarash o‘zbekning azaliy urflaridandir. Aytilmoqchi bo‘lgan fikrga musallam va mutlaqo mos libos kiydira bilish, maqsadga muvofiq lisoniy ifodalarni saylay olish, so‘z bilan tinglovchining faqat qulog‘ini emas, balki qalbini ham zabt eta  bilish Sharqda, xususan, o‘zbeklarda tarbiyalanganlik, ma’rifatlilik, ziyolilikning qabariq belgilaridan biri bo‘lgan. Zotan, nutqning go‘zalligi, tilning burroligi, lisoniy ifodaning aniqligi inson uchun o‘ziga  xos husundir, bu husn oxir-oqibatda jamiyatning, millatning ham husni jamolini ko‘rsatadi.

##submissions.published##

2023-03-15

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##